Va’da berdi bir yor manga, yolg’on ekan-ku, {x2}
 Va’dasinda turmay yurgan janon ekan-ku,
 Va’dasinda turmay yurgan nodon ekan-ku.
 Soy bo’yida uchrab, manga qoshin qiymirdi, {x2}
 So’rab bilsam, elimizga mehmon ekan-ku. {x2}
Qay gulshan bog’laridan kelgan u, ammo
 Mandan battar ishq yo’lida sarson ekan-ku. (x2)
 Mohi ruxsorini ko’rib, hilol parishon, {x2}
 Ro’yi zaminda bo’lmagan qurbon ekan-ku. {x2}
 Qurbon ekan-ku.
Ajab, nedan yondiradi o’tli qarashlar?
 O’zi yaxshi, kelmasligi yomon ekan-ku. (x2)
 Jonu dildan ko’ngil berdim, gunohimdan o’t, {x2}
 Ishq manzili oshiqlarga hijron ekan-ku.
 Hijron ekan-ku.
Va’da berdi bir yor manga, yolg’on ekan-ku, {x2}
 Va’dasinda turmay yurgan janon ekan-ku. {x2}
 Soy bo’yida uchrab, manga qoshin qiymirdi, {x2}
 So’rab bilsam, elimizga mehmon ekan-ku. {x2}
Mehmon ekan-ku, mehmon ekan-ku,
 Mehmon ekan-ku, mehmon ekan-ku…