Qoshi go'zal, ko'zi go'zal,
Yuzi go'zal, oh sevgilim.
Sevib, endi o'zga yorga
Kelin bo'lgan sevgilim. (x2)
Kelinchak, deb qo'lingga
Tillo uzuk taqdilar.
Kuygan bu yuragimni
Ishq o'tida yoqdilar.
Sevib yondim, bilmading,
Aytganimiz bo'lmadi.
Ahdga vafo qilmading,
Baxtimiz ham kulmadi.
Qoshi go'zal, ko'zi go'zal,
Yuzi go'zal, oh sevgilim.
Sevib, endi o'zga yorga
Kelin bo'lgan sevgilim. (x2)
Kelinchak, deb qo'lingga
Tillo uzuk taqdilar.
Kuygan bu yuragimni
Ishq o'tida yoqdilar.
Sevib yondi xumorim,
Xayolimdan ketmaydi.
Yonimda bo'lgan yorim,
Uzatsam qo'l yetmatdi.
Qoshi go'zal, ko'zi go'zal,
Yuzi go'zal, oh sevgilim.
Sevib, endi o'zga yorga
Kelin bo'lgan sevgilim. (x2+x2)