Tashnaligim qondirgan buloq,
 Ko'ksimda o't yondirgan firoq. (x2)
 Qancha ketar bo'lsamda yiroq,
 Shuncha yaqin sog'inganlarim. {x2}
Haq – otamning tuzgan tuzugi,
 Yo'l – onamning to'zgan urchug'i. (x2)
 Qo'shnimizning hatto puchug'i,
 Ko'z o'ngimda sog'inganlarim. {x2}
Toychog'im ham tulpor bo'lgandur,
 Qo'shni qiz ham dildor bo'lgandur. (x2)
 Uylariga sovchi kelgandir,
 Havotirim – sog'inganlarim.
Suv botirib yegan kulcha non,
 O'rnim bormu qatorda hamon? (x2)
 Doimo siz bo'ling sog'-omon,
 Diydor qadar sog'inganlarim.
Tashnaligim qondirgan buloq,
 Ko'ksimda o't yondirgan firoq. (x2)
 Qancha ketar bo'lsamda yiroq,
 Shuncha yaqin sog'inganlarim. (x2)
Shuncha yaqin sog'inganlarim… {x2}