Barakasini Xudo berarkan
 Hazrat-u pir nazar solganni.
 Ishi doim o'ngidan kelar-ey
 Otasidan duo olganni. (x2)
Har dam kulib turar ko'zlari,
 Qirdek kesgir aytar so'zlari,
 Bo'ston bo'lar bosgan izlari-yey
 Otasidan duo olganni.
Yo'qlasangiz, yo'lingiz bo'lar,
 Chorlasangiz, ko'nglingiz to'lar,
 Tushlariga payg'ambar kirar-ey
 Otasidan duo olganni.
Topganlari to'yga buyurar,
 Ezgulikning boshida turar,
 G'animlari kulfatda yurar-ey
 Otasidan duo olganni.
Yo'qlasangiz, yo'lingiz bo'lar,
 Chorlasangiz, ko'nglingiz to'lar,
 Tushlariga payg'ambar kirar-ey
 Otasidan duo olganni.
Barakasini Xudo berarkan
 Hazrat-u pir nazar solganni.
 Ishi doim o'ngidan kelar-ey
 Otasidan duo olganni,
 Onasini rozi qilganni.