(Sayr etaylik asta-asta,
 Gul teraylik dasta-dasta.
 Sayr etaylik asta-asta,
 Gul teraylik dasta-dasta.)
Zamonamiz – shodli zamon,
 Do’stlarimiz bo’lsin omon,
 Jo-o-n.
 Do’stlarimiz bo’lsin omon,
 O’rgulayin, dugonajon,
 Jo-o-n.
Sayr etaylik asta-asta,
 Gul teraylik dasta-dasta. (х2)
Sevinchimiz dunyocha bor,
 Yurtimizda yashnar bahor,
 Jo-o-n.
 Yurtimizda yashnar bahor,
 Ko’p makonlar bo’ldi gulzor,
 Jo-o-n.
Sayr etaylik asta-asta,
 Gul teraylik dasta-dasta. (х2)