Bugun senga juda gapirgim keldi,
Yuragim borini ochib birma-bir.
G'amgin savollarim qoldi kechada,
Bugun nimanidir tushundim axir. (x2)
Qanday yaxshi, men bugunni topdim,
Birovdan umidvor kutmam marhamat.
Kuldim-da, notanish ko'zlarga boqdim,
Shoshildim kimgadir aytmoqqa rahmat.
Ishonchni tuyaman odimlarimda,
Yorug' imkonlarni beradi bu kun.
Bugun men yashashga urinib ko'rdim,
Baxtliman, deyishga o'rgandim bugun.
Qanday yaxshi, men bugunni topdim,
Birovdan umidvor kutmam marhamat.
Kuldim-da, notanish ko'zlarga boqdim,
Shoshildim kimgadir aytmoqqa rahmat. (x2)
Bugun… hey.. bugun, bugun…