Qaydasan gulim,
 Sog'indim-sog'indim vaslingni.
 Gavharim, durim,
 Sog'indim bebaho qalbingni.
Qaydasan go'zal, yuzlari oqim,
 Mani bahorim, qaydasan?
 Alam, bu alam, ko'risholmaymiz,
 Ko'zdagi yoshim, alamim.
Yuragimga to'lib ketdi
 Sanga aytar so'zlarim.
 Qalbim o'zi yig'ib aytdi
 Jondan ortiq sog'inganim.
Tor ko'changda qolib ketdi
 Qora, ma’yus ko'zlarim.
 Endi nahot ko'rishmaymiz,
 Ko'rishmaymiz, keragim?
Qaydasan go'zal, shahlo ko'zim,
 Mani shirin so'zim, qaydasan?
 Bepayon yo'llar, topolmadim
 Bir tola soching ham, izlasam.
Baxtlimisan ayt, nozikkinam,
 Mani yolg'izginam, baxtlimisan?
 Yo menday uzun sog'inching bormi,
 Mendayin zormi tunu-kun?
Yuragimga to'lib ketdi
 Sanga aytar so'zlarim.
 Qalbim o'zi yig'ib aytdi
 Jondan ortiq sog'inganim.
Tor ko'changda qolib ketdi
 Qora, ma’yus ko'zlarim.
 Endi nahot ko'rishmaymiz,
 Ko'rishmaymiz, keragim?
Yurak ado, so'ndi, so'ndi, so'ndi,
 Shuni ravo ko'rdi, ko'rdi, ko'rdi.
 Butun edik, bo'ldi, bo'ldi, bo'ldi
 Ikkiga yo'lni, yo'lni, yo'lni.
Taqdirlar bitta-bitta yondi,
 Yulduzlar bitta-bitta yondi.
 Va barchasi bitta-bitta ko'rdi
 Ichimdagin, to'ldi, to'ldi, to'ldi…
Yuragimga to'lib ketdi
 Sanga aytar so'zlarim.
 Qalbim o'zi yig'ib aytdi
 Jondan ortiq sog'inganim.
Tor ko'changda qolib ketdi
 Qora, ma’yus ko'zlarim.
 Endi nahot ko'rishmaymiz,
 Ko'rishmaymiz, keragim?