Go’zallik deb bulbullar
 Navosini maqtamang,
 Chamanlarning muattar
 Havosini maqtamang.
 Yo hayotning omonat
 Safosini maqtamang.
Axir ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
 Ayting ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
Vasl istasa har kim
 Yor ko’yida yelmoq bor,
 Hijronu sitamlardan
 Shaksiz ustun turmoq bor.
 Yo baxtiyor kulmoq bor,
 Yoki ado bo’lmoq bor.
Ayting ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
 Axir ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
Sevgingizni yashirmang,
 Jumlai jahon bilsin,
 Ochsin sizga sirini
 Muhabbat degan tilsim.
 Hey, egilmagan boshingiz
 Yor qoshida egilsin.
Axir ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
 Ayting ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
Go’zallik deb bulbullar
 Navosini maqtamang,
 Chamanlarning muattar
 Havosini maqtamang.
 Yo hayotning omonat
 Safosini maqtamang.
Ayting ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
 Axir ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
Chamanlarning muattar
 Havosini maqtamang.
 Yo hayotning omonat
 Safosini maqtamang.
Axir ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
 Ayting ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?
Ayting ne bor dunyoda
 Yor vaslidan ziyoda?