Qalbim sirin gar senga men so'zlasam,
Bir on seni ko'rmasam, men xastaman.
Osmoningda yulduzman shu kungacha,
Sen bo'lmasang, osmondamas pastdaman.
Xasta bo'lma, tog'dek qaddim sinadi,
Sevganimni yolg'iz Alloh biladi.
Ko'zlarim yosh to'kib yig'lar,
Bag'rim meni so'kib yig'lar,
Boshimga armonlar qo'nadi.
Xasta bo'lma, tog'dek qaddim sinadi-sinadi,
Bag'rim kuyar, buni Alloh biladi.
Ko'zlarim yosh to'kib yig'lar,
Bag'rim bugun so'kib yig'lar,
Boshimga armonlar qo'nadi.
Seni sevdim otashin yozday yonib,
Hatto kelar bahordan ham qizg'onib.
Shukr deyman senla o'tgan kunimga,
Quyoshim bo'lgansan umr yo'limga.
Xasta bo'lma, tog'dek qaddim sinadi,
Sevganimni yolg'iz Alloh biladi.
Ko'zlarim yosh to'kib yig'lar,
Bag'rim meni so'kib yig'lar,
Boshimga armonlar qo'nadi.
Xasta bo'lma, tog'dek qaddim sinadi-sinadi,
Bag'rim kuyar, buni Alloh biladi.
Ko'zlarim yosh to'kib yig'lar,
Bag'rim bugun so'kib yig'lar,
Boshimga armonlar qo'nadi. (x1+x1)