Oromimni o’g’irlab,
 O’zi ham beorom sevgilim.
 O’ylab qolaman gohi
 Nahot bu o’ngim?
Sen misli oftobsan,
 Muzlagan ko’nglimni isitgan,
 Ishonsam yana menga
 Qaytgan.
Sensiz bir kunimni ham
 Tasavvur eta olmayman.
 Doim yonimda bo’lsang ham,
 Nigohlaringga to’ymayman.
Yaratgan Egamga tasannolar,
 Seni menga uchratdi, jonginam.
 Mening borim, go’zalligim
 Faqat sening muhabbatingdan. (x2)
Qalbim aro tanhosan,
 Senga atalgan umrim.
 Mehringning nurlarida
 Tovlanaman.
Tilab olgan baxtimsan,
 Seni doim avaylayman.
 Dunyoda sen uchun
 Yashayman.
Sensiz bir kunimni ham
 Tasavvur eta olmayman.
 Doim yonimda bo’lsang ham,
 Nigohlaringga to’ymayman.
Yaratgan Egamga tasannolar,
 Seni menga uchratdi, jonginam.
 Mening borim, go’zalligim
 Faqat sening muhabbatingdan. (x2)
(Sensiz bir kunimni ham
 Tasavvur eta olmayman.
 Doim yonimda bo’lsang ham,
 Nigohlaringga to’ymayman.)
Yaratgan Egamga tasannolar,
 Seni menga uchratdi, jonginam.
 Mening borim, go’zalligim
 Faqat sening muhabbatingdan. (x2)