Qishda pishib kishmishlar,
Ko'cha to'la mish-mishlar,
Lek aniq bilmasmishlar –
“Yorim o'ziga topibdi yor”.
Topsa-topar manga ne,
Mani qo'ygin, sanga ne,
Aniq bilmaganga ne?
“Yorim o'ziga topibdi yor”.
Tili bilan yurganlar,
Yo'q narsani ko'rganlar,
Yuzma-yuz yuz burganlar,
O'z hayotingizni yashang.
Muzlatmang bahorlarni,
Avjda uzmang torlarni,
Ayirmangiz yorlarni,
O'z hayotingizni yashang.
Topganlar omon bo'lar,
Bizga ham zamon bo'lar,
Biz topsak yomon bo'lar,
Yorim o'ziga topibdi yor.
Bizdan yomon bo'lmasin,
Eshitmasin, ko'rmasin,
Chidolmaydi o'zgasi,
Yorim o'ziga topibdi yor.
Tili bilan yurganlar,
Yo'q narsani ko'rganlar,
Yuzma-yuz yuz burganlar,
O'z hayotingizni yashang.
Muzlatmang bahorlarni,
Avjda uzmang torlarni,
Ayirmangiz yorlarni,
O'z hayotingizni yashang. (x1+x1)