Yana keldi yangi kun,
 Do’stlarim birga bugun,
 Senga hammasi uchun
 Rahmat, hayot.
Ko’z yoshlar oqib, tinar,
 Kuchli bo’lishga undar,
 Farzandlar o’sib-unar,
 Rahmat, hayot.
Sinaganing uchun,
 Ayaganing uchun,
 Yillar uchun, yo’llar uchun
 Rahmat, hayot.
Seni sevaman,
 Seni sevaman, hayot.
 Neki so’radim
 Bugun egaman, hayot. (x2)
Men shunchaki kuchlimas,
 Yomonlar ham bitta dars,
 Hammamiz oldingda qarz,
 Rahmat, hayot.
Dushman otgan tosh uchun,
 Har tomchi ko’zyosh uchun,
 Har tonggi quyosh uchun
 Rahmat, hayot.
Sinaganing uchun,
 Ayaganing uchun,
 Yillar uchun, yo’llar uchun
 Rahmat, hayot.
Seni sevaman,
 Seni sevaman, hayot.
 Neki so’radim
 Bugun egaman, hayot. (x2)