Ota qoni bo'lar yigit qonida,
 Ota bo'lsin doim yigit yonida.
 Gulzorida bulbul sayrar, bog'ida,
 Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}
Otang bo'lsa, ko'kka yetar bo'ylaring,
 Duo qilsa, yaxshi otar to'ylaring.
 Baxt, shodlikka to'lib ketar uylaring,
 Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}
Mehr berar doim o'g'il-qizingga,
 Otalar mard, rost gapirar yuzingga. (x2)
 Yomonni hech yondoshtirmas izingga,
 Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}
Ota rozi – Xudo rozi deganidir,
 Otasi yo'q kimlardir g'am yegandir.
 Umr bersin qodir Xudo Egamdir,