Sendan yana ne kutay?
Aldayabsan ko'zimga qarab.
Aytgin, qancha dard yutay?
Ko'ngling yana ne qilar talab?
Ayt, senga qandayin qaray?
Sezmagandim sen bilan yashab.
Xiyonatingga qanday chiday?
Nafsing osmonlarni qilar talab.
Talab-talab, talab-talablaringdan,
Yig'lab-yig'lab aytgan yolg'onlaringdan,
Chidab bo'lmas soxta muhabbatingdan
Charchadim, charchadim. (x2)
Mendan nelar kutgansan?
Javobing ayt ko'nglimga qarab.
Balki mendan sovib ketgansan,
Endi qaytishimni qilma talab.
Hali meni ko'p sog'inasan,
Baxtli o'tgan kunlarni eslab.
Sen ham mendek azob chekarsan,
Yuraging ham meni qilar talab.
Talab-talab, talab-talablaringdan,
Yig'lab-yig'lab aytgan yolg'onlaringdan,
Chidab bo'lmas soxta muhabbatingdan
Charchadim, charchadim. (x2+x2)