Tunlar o’tdi o’ylab uni,
 U bilan o’tkan har kunimni.
 Borsa qaytmas yo’ldan ketdi u,
 Izlari ham o’chib ketdi mangu.
Ayt, qanday sensiz,
 So’zlaringsiz, ko’zlaringsiz,
 Qanday yashay sening mehringsiz,
 Shirin so’zingsiz? (x2)
Netay, seni unutib bo’lmas,
 Qalbimdasan, o’chirib bo’lmas.
 Sen ketding-u va qoldi bitta yo’l,
 Ortim to’siq, oldimda qafas.
Hech bo’lmasa,
 Shamol bo’lib kel dargohimga.
 Hech bo’lmasa,
 Yomg’ir bo’lib yog’ yanog’imga.
Aytgin taqdir,
 Olib qo’yding uni mendan nega?
 Baxtli kunimdan, shirin tunimdan
 Judo qilding nega?
Ayt, qanday sensiz,
 So’zlaringsiz, ko’zlaringsiz,
 Qanday yashay sening mehringsiz,
 Shirin so’zingsiz? (x2)
Ushbu qo’shiq matnini bizga yuborgani uchun
 Abror Qahhorovga minnatdorchilik bildiramiz.