Dilbarim, la’lilaring labmidi, g’unchamidi? {x2}
Qirmizi rang yuzlaring yo shirmoyi kulchamidi? {x2}
Tob berolmay, lol qolurman shahlolaringning oldida, {x2}
Ko’zlaringning shu’lasi lovullagan kunchamidi? {x2}
Aqlu hushim chirmagan kokillaring har tolasi,
Buncha ham tim qoradur yo zim-ziyo tunchamidi?
Men vafodan so’zlasam, ishvalaring jonim yoqar,
Hijronu sitamlaring ag’yor kulgunchamidi? {x2}
Tunlari bedor kutgan gulgun visoling muddati,
Qayg’u bilmas yuragim hijronga to’lgunchamidi?
Yo’llaringga ko’z tutarman, nega boqmaysan menga,
Vaslingga zor yigitning qiymati shunchamidi?
Dilbarim, la’lilaring labmidi, g’unchamidi?
Labmidi, g’unchamidi?