Men seni o'zimdan qizg'onaman,
 Men seni ko'zimdan qizg'onaman. (x2)
 Beg'uborginam, beqarorginam,
 Hammadan ham ko'p senga ishonaman. {x2}
Bilarmisan, ayt?
 Sezarmisan, ayt?
 Meni hammadan ko'p
 Sevarmisan, ayt? (x2)
Suhbatlaringga hech qachon to'ymam,
 Bir kunda uch bor ko'rishsam deyman. (x2)
 Kuydirma meni sog'insam seni,
 Ayirma meni shirin baxtimdan. {x2}
Bilarmisan, ayt?
 Sezarmisan, ayt?
 Meni hammadan ko'p
 Sevarmisan, ayt? (x2)
Bir vafodoring, yoring bo'lay man,
 Darding olay man, senla qolay man. (x2)
 Gulyuzginamsan, yolg'izginamsan,
 Bilgin, hammadan ko'p seni sevarman. {x2}
Bilarmisan, ayt?
 Sezarmisan, ayt?
 Meni hammadan ko'p
 Sevarmisan, ayt? (x2)