Dod-ey, sochlari jamalak,
Voy-ey, qoshlari kamalak,
Yurak-bag'rimdan olar shirin ovozi.
Dod-ey, o'zimdan ortaman,
Voy-ey, endi man netaman?
Kundan-kunga mavj urar ishqim navosi.
Karashma, nozi juda soz,
Ajabo bu janon, sani Zulayho.
Xayoli parishon, lablari bolim, sarvinoz,
Go'zal yoron, man hayratda, hayron.
Voy, anor, anor, anor, anor emasmu,
Yuzlaridagi yanog'i anor emasmu?
Anor, anor, anor, anor emasmu,
Qoshlari qalam, qarog'i kamon emasmu?
Dod-ey, sochlari jamalak,
Voy-ey, qoshlari kamalak,
Yurak-bag'rimdan olar shirin ovozi.
Dod-ey, o'zimdan ortaman,
Voy-ey, endi man netaman?
Kundan-kunga mavj urar ishqim navosi.
Yengildim, yor, berib bardosh,
Nasibam malomat, dardima darmona
Jamolingni ko'rsat.
Esladim senda bir sirdosh,
Go'zal yoron, man hayratda, hayron.
Voy, anor, anor, anor, anor emasmu,
Yuzlaridagi yanog'i anor emasmu?
Anor, anor, anor, anor emasmu,
Qoshlari qalam, qarog'i kamon emasmu? (x1+x1)