Ona yurtim, mustaqillik
To'ying muborak bo'lsin,
Samoga bo'y cho'zgan chinor,
Bo'ying muborak bo'lsin. (x2)
Nuroniy bobolarga, duogo'y momolarga
Bayram muborak bo'lsin. (bayram muborak bo'lsin)
Latofatli qizlarga, oydan oydin yuzlarga
Bayram muborak bo'lsin. (bayram muborak bo'lsin)
Vatanimni asragan,
Yomon ko'zdan saqlagan,
Mard, jasur yigitlarga
Bayram muborak bo'lsin.
Ona yurtim, mustaqillik
To'ying muborak bo'lsin,
Samoga bo'y cho'zgan chinor,
Bo'ying muborak bo'lsin. (x2)
Muallim, shifokorga, quruvchi, binokorga
Bayram muborak bo'lsin. (bayram muborak bo'lsin)
Usta, kulol, dehqonga, sahovatli insonga
Bayram muborak bo'lsin. (bayram muborak bo'lsin)
Shu yurt uchun jon berib,
O'zbekman, deb ko'ksin kerib,
Yurgan oq dil xalqimga
Bayram muborak bo'lsin.
Ona yurtim, mustaqillik
To'ying muborak bo'lsin,
Samoga bo'y cho'zgan chinor,
Bo'ying muborak bo'lsin. (x2+x4)