Ey, mahfashi zamonim, ey yor, xush kelibsiz, {x2}
Bizdek g'aribni yo'qlab, dildor xush kelibsiz. {x2}
Na umid aylamasdim munglig' faqiringizni,
Ko'nglini bir olay, deb bisyori xush kelibsiz.
Ey yor, xush kelibsiz, dildor xush kelibsiz. (x2)
Yetdi boshim falakka, ko'p shodu xurram o'ldim,
Maxf o'ldi barcha g'amlar zunxori xush kelibsiz.
Behadu beshumori qilgan gunohlarimni,
Olmay ko'ngilga hargiz ming bori xush kelibsiz.
Ey yor, xush kelibsiz, dildor xush kelibsiz.
Ko'nglini bir olay, deb bisyori xush kelibsiz.
Ey yor, xush kelibsiz, dildor xush kelibsiz.
Tortiq qilay desam, yo'q bir jondan o'zga tuhfa,
Dod-a, qilmay faqirligimdan hech or, hech or, yor xush kelibsiz.
Tortiq qilay desam, yo'q bir jondan o'zga tuhfa,
Qilmay faqirligimdan hech or xush kelibsiz,