Eshitgaymiz, kimlar nolib yurar emish,
Qiz tug'ding, deb ayolga do'q urar emish. (x2)
O'g'ilmi, qiz bermog'i bu taqdirda bor,
Bu dunyoda qancha odam tirnoqqa zor,
Xo'rlayvermang, qiz bolaning uvoli bor.
O'g’lim yo'q, deb noliganlar xato qilur,
Qiz har joyda otasini duo qilur. (x2)
Ba’zi o'g'illardan, do'stim, asrasin-ey,
Oqila qiz bir kun jannat ato qilur.
Bo'ladi-bo'ladi, qizlar kelin bo'ladi,
Yor-yor bilan ketar chog', yuragingiz yuladi.
Bo'ladi-bo'ladi, qiz mehribon bo'ladi,
Yuragini uzdirib, qiz uzatgan biladi.
Yaxshi niyat – yarti mol, o'ylar qiling,
O'n ikki yosh qizga muchal to'ylar qiling.
Ne azizlar o'g'lim yo'q deb nolishmagan,
Yaxshi kuyov goh o'g'ildan qolishmagan. {x2}
Bo'ladi-bo'ladi, qizlar kelin bo'ladi,
Yor-yor bilan ketar chog', yuragingiz yuladi.
Bo'ladi-bo'ladi, qiz mehribon bo'ladi,
Yuragini uzdirib, qiz uzatgan biladi.
Dilingizni yorug' qilgan sado bo'lay,
Kuylab-kuylab, dardingizni ado qilay. (x2)
El ichida bugun holis niyat qilay,
Alpomishdek o'g'illarni sizga tilay,
To'yingizda to'y bolani kuylab beray.
Bo'ladi-bo'ladi, qizlar kelin bo'ladi,
Yor-yor bilan ketar chog', yuragingiz yuladi.
Bo'ladi-bo'ladi, qiz mehribon bo'ladi,
Nolima, ey birodar, nevara o'g'il bo'ladi.