Ayb etmang, do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu hayot shaydo,
Kim ham sevmas, kim yig'lamas,
Kim kuylamas mening yoshimda?
Bulbulman, ohu zor chekib,
Toza gulzordin ayrildim. (x2)
Ko'zdan qonli yoshim to'kib,
Ul sevar yordin ayrildim.
Ayrildim g'uncha gulimdan,
Qora sochli sumbulimdan. (x2)
Xush ovozli bulbulimdan,
Shiringuftordin ayrildim. (x2)
Telba ko'nglim orzumoli,
Barcha go'zallarning xoli. (x2)
Sakkiz jannatning bo'stoni,
Ul mevazordin ayrildim. (x2)
Maxtumquli – oshiq Maston,
Bag'ishlab sha’niga doston, (x2)
Manzilgohi bog’u bo’ston,
Olma-anordin ayrildim. (x2)
Olma-anordin ayrildim… (x2)