Beg'uborim, yoshlandi ko'zim,
Aybdor balki o'zim.
Rozi bo'lgin sevgingdan sen,
Deyolmas aytgan so'zim.
Qoshu ko'zing tengi yo'q aslo,
Sevib qolgandim, netay?
Ishonasan menga tanho,
Endi qandoq tashlab ketay?
Xafa bo'ldi sevgi, (qarolmayman moviy ko'zlaringga)
O'sha sevgi, (endi yo'q ehtiyoj nozlaringga)
Sevgi, (begonaman bahor-yozlaringga)
Begonaman bahor-yozlaringga. (x2)
Orzu-umidlaring bekor,
Majburman tan olishga, qolmadi imkon.
Sevgim qilolmasman izhor,
Majburman chekinishga, ojizman ishon.
Baxtli bo'lolmaymizda birga,
Netay, ko'zim yetmasa?
Chidolmayman sevgi so'zi
Senga alamni eslatsa.
Beg'uborim, ranjima mendan,
Nafratdaman o'zimdan.
Yurak to'la g'am, alamimni
Olaman qo'shig'imdan.
Xafa bo'ldi sevgi, (qarolmayman moviy ko'zlaringga)
O'sha sevgi, (endi yo'q ehtiyoj nozlaringga)
Sevgi, (begonaman bahor-yozlaringga)
Begonaman bahor-yozlaringga. (x2)
Orzu-umidlaring bekor,
Majburman tan olishga, qolmadi imkon.
Sevgim qilolmasman izhor,
Majburman chekinishga, ojizman ishon.
(Baxtli bo'lolmaymizda birga…)
(Beg'uborim, ranjima mendan…)