Bu kunlarni ko'rmoq uchun
Necha inson jon bergan,
Bir ushoqqa yetmoq uchun
Erta-kecha don tergan.
Farovon hayotni tilab,
Qo'l ochamiz duoga.
Bugun o'sha orzular
Aylangandir ro'yobga.
Tinchlikning qadriga yetolmaganlar,
Dunyoning holiga nazar solsinlar.
Yuksalishdan tinmas ravnaqimizdan
Ne buyuk yurtlar ham o'rnak olsinlar.
Tomirimda iymon ila oqqan qonim,
Zamin uzra qadrdonim, jonu jahonim,
O'zbekistonim.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o'lkam.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o'lkam.
Mustaqil Vatan!
Sof niyat – qalbi oqlikdan paxtakorlarga,
Barakalik, saxiyliklar, bug'doylar ungan.
Yaratganning amri ila baxt qushi qo'ngan,
To'rt faslli Bog'i Eram, jannatmakonim,
O'zbekistonim.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o'lkam.
Mustaqil Vatan, mustaqil Vatan,
Rohatbaxsh chaman, osuda o'lkam.
Mustaqil Vatan!