Mayli ket,
 Ortingdan bormayman, to'xtatolmayman.
 Mayli ket,
 Balki unutolmam seni.
Seni deb
 Mayli yig'lamayman, afsus qilmayman.
 Endi kech,
 Unutaman – qarorim meni.
Hatto bir bor qilmay qo'ng'iroq,
 Sendan butkul bo'larman yiroq.
 Unutolmay yonsam ham, biroq
 Sog'inaman, qaytmayman ishon.
Balki o'sha damlarni kutib,
 Qaytarolmay, dardlarim yutib,
 Yig'lamsirab surating tutib,
 Sog'inaman, qaytmayman ishon.
Qaytmayman ishon…
 Endi qaytmayman ishon…
Kerakmas
 Meni ovutganing, tinmasdan kutganing.
 Bo'ldi bas,
 Yetar yolg'onlaring endi.
O'ylama
 Sevadi, qaytadi deya.
 Qiynalaman,
 Qaytmayman sevsam ham seni.
Hatto bir bor qilmay qo'ng'iroq,
 Sendan butkul bo'larman yiroq.
 Unutolmay yonsam ham, biroq
 Sog'inaman, qaytmayman ishon.
Balki o'sha damlarni kutib,
 Qaytarolmay, dardlarim yutib,
 Yig'lamsirab surating tutib,
 Sog'inaman, qaytmayman ishon.
Qaytmayman ishon…
 Endi qaytmayman ishon…
Hatto bir bor qilmay qo'ng'iroq,
 Sendan butkul bo'larman yiroq.
 Unutolmay yonsam ham, biroq
 Sog'inaman, qaytmayman ishon.
Balki o'sha damlarni kutib,
 Qaytarolmay, dardlarim yutib,
 Yig'lamsirab surating tutib,
 Sog'inaman, qaytmayman ishon.
Qaytmayman ishon…