Osmon oyu yulduz, quyosh ham kerak,
 Zarurati bordir tog'u toshgacha.
 Biroq men bilganim qalbda bir bezak,
 Tuproq yo'lda qolgan izlar boshqacha. {x2}
Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
 Vatan degani bu – yurakda titroq.
 Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
 Vatan degani bu – yurakda titroq.
Kim qanday anglaydi, qanday tushunar,
 Tuproq iforiga to'la tonglarim,
 Balki, shundan halol, shundan xokisor,
 Mening ona xalqim, bug'doy ranglarim. {x2}
Bolaligim mening – asov qulun,
 Oyog'i shilingan toshga urinib.
 Onam chang ko'chaga qo'yiblar qo'lin,
 Tuproqni malham deb, bosgan egilib. {x2}
Ota buyuk zotdir, suyanchdir menga,
 El doim ishonar oqillariga.
 Ul zot asling xokdir, deya o'rgatar,
 Ishongum purhikmat naqllariga.
Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
 Vatan degani bu – yurakda titroq.
 Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
 Vatan degani bu – yurakda titroq.
Kim qanday anglaydi, qanday tushunar,
 Tuproq iforiga to'la tonglarim,
 Balki, shundan halol, shundan xokisor,
 Mening ona xalqim, bug'doy ranglarim. {x2}
Mening o'zbek xalqim, bug'doy ranglarim.