Seni qizg'onaman bahordan, kuzdan,
Seni qizg'onaman kecha, kunduzdan. (x2)
Qizg'onaman do'stdan, begonadan ham,
Qizg'onaman shohu devonadan ham. (x2)
Seni qizg'onaman o'tli so'zlardan,
Qizg'onaman barcha suqli ko'zlardan, (x2)
Qizg'onaman seni yulduzdan, oydan,
Har bir sohib sarkor, sohib chiroydan. (x2)
Garchi qo'lim yetmas, oramiz yiroq,
Seni qizg'onaman hammadan biroq. (x2)
Bilaman, visoling nasib etmas hech,
Seni birovga ham bergim kelmas hech. (x2)
Seni qizg'onaman o'tli so'zlardan,
Qizg'onaman barcha suqli ko'zlardan.
Seni qizg'onaman o'tli so'zlardan,
Qizg'onaman barcha suqli ko'zlardan.