Cho'qqidan bir kichik tosh yumalasa,
Tog'ni qulatgudek suron qiladi.
Ko'zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog'day yuragimni vayron qiladi.
Bu hayot seni menga berdi,
Senga qo'shib, shirin-shirin farzandlar berdi.
Ko'zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog'day yuragimni vayron qiladi,
Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.
Agar ko'ksim uzra qulasa birdan,
Tutmoqqa qodirman tog'lar toshini.
Hayhot ko'tarolmam kipriklaringdan,
Uzilgan bir qatra qayg'u yoshini.
Bu hayot seni menga berdi,
Senga qo'shib, shirin-shirin farzandlar berdi.
Ko'zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog'day yuragimni vayron qiladi,
Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.
Kel, yulduzlar to'shalgan yo'ldan
Yetaklasin bizni muhabbat.
G'amlaringni chiqar ko'ngildan,
Shod kunlarni eslaylik faqat.
Sayr etaylik, kel birga, erkam,
Rozi ketsin bizdan umrbod.
Shodlik uchun yaralgan olam,
Sevmoq uchun berilgan hayot.
Bu hayot seni menga berdi,
Senga qo'shib, shirin-shirin farzandlar berdi. (x2)
Ko'zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog'day yuragimni vayron qiladi,
Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.