Shunday gap bor: “qizning yo'li qildan nozik”,
 Iqboling ham peshonangdek bo'lsin ochiq.
 Nogoh senga yog'dirganda taqdir toshin,
 Qalqon bo'lib qaytarayin, opa-singlim. (x2)
Birga bo'lgan o'sha baxtli bolaliklar,
 Bizni bo'lib turar endi oraliqlar.
 Meni ko'rsang munchoq-munchoq ko'zda yoshing,
 Onam kabi mehribonsan, opa-singlim.
Aylanayin, opa-singlim,
 O'rgilayin, opa-singlim.
 Yuzlaringda g'am ko'rmayin,
 Aylanayin, opa-singlim.
Ko'zim tushdi suyukdan ham suyuklarga,
 O'xshaydirsan eng beozor kiyiklarga.
 Topa olmay qolganingda dardkashingni,
 Dardlaringga em bo'layin, opa-singlim. (x2)
Birga bo'lgan o'sha baxtli bolaliklar,
 Bizni bo'lib turar endi oraliqlar.
 Meni ko'rsang munchoq-munchoq ko'zda yoshing,
 Onam kabi mehribonsan, opa-singlim.
Aylanayin, opa-singlim,
 O'rgilayin, opa-singlim.
 Yuzlaringda g'am ko'rmayin,
 Aylanayin, opa-singlim. (x1+x1)
Aylanayin, opa-singlim,
 O'rgilayin, opa-singlim.
 Yuzlaringda g'am ko'rmayin
 Umr bo'yi, opa-singlim.