Soyaman, ortingdan ergashgan,
Yostiqman, tunlari dardlashgan, (x2)
Tushingman, o'ngingga almashgan,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Yurakka yoy sanchgan kamonman,
Yuzingga rang sochgan somonman, (x2)
Yomonman, men o'sha yomonman,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Afsusman egilgan boshlarda,
Tim qora, uyilgan qoshlarda, (x2)
Armonman ko'zdagi yoshlarda,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Qalbingni tark etsa vafolar,
O'rnini egallar jafolar, (x2)
Bu dardga yo'q erur davolar,
Unutmoq osonmas bizlarni. (x2)
Unutmoq osonmas bizlarni. {x2}