Suvi tiniq soy ko'rdim,
Soy ustida oy ko'rdim, (x2)
O'tloqlari yam-yashil,
Ot yonida toy ko'rdim. (x2)
Cho'pon chalar nayini,
Qo'msab mohlaroyini, (x2)
Nayda izhor etarmu
Oshiq ko'nglin maylini. (x2)
Oyning hiloli bordur,
Soyning ziloli bordur, (x2)
Oy ham, soy ham bir yonu,
Yorning visoli bordur. (x2)
Oydan ko'z uzib bo'lmas,
Yorga ko'z suzib bo'lmas,
Vasliga yetmaguncha
Oshiqda to'zim bo'lmas.
Oyni yetaklab ketgum,
Soyni yetaklab ketgum, (x2)
Oy ham, soy ham bir yonu,
Yorni yetaklab ketgum. (x2)
Suvi tiniq soy ko'rdim,
Soy ustida oy ko'rdim. (x2)