Bahorda sovuq shamollar,
Yozda esa oppoq qorlar,
Yog'adi, deb o'ylamagandim sira.
Tundan ham qorong'u kunlar,
Qayg'udan achchiq tuyg'ular,
Bo'ladi, deb ishonmagandim sira.
Yig'layman-u, oqmas yoshlarim,
Kulaman-u, yo'q quvonchlarim,
Armonlarim yonar mening qalbimda.
Hech narsa yo'qdek atrofimda,
Go'yo bir o'zimman dunyoda,
Aytolmayman dardim endi hech kimga.
Mening do'stim, sevib qolsang,
Men bilan dardlasharding.
O'zingga ishonganday ishonarding,
Nima yeb, nima kiysang bo'lisharding,
Mening do'stim.
Mening do'stim, ortimdan
Gapirsalar yo'l qo'ymasding.
Xatolarimni yuzimga aytarding,
Endi bilinadi sening yo'qliging,
Mening do'stim.
O'sha kunlar mening ko'z oldimda,
Bizlar o'sdik bir mahallada,
Birga ko'rdik yaxshi-yomonni, esla.
Sho'xliklarimiz ham yodimda,
Nimalar qilmadik yoshlikda,
Birga o'rgandik biz hayotni shunda.
Bor edi orzu-umidlar ham,
Eng olijanob maqsadlar ham,
Ikkimizni bog'lagan bu do'stlik-da.
Bor edi kulgu va quvonchlar,
Bor edi qayg'u va azoblar,
Ikkimizni tanlagan yo'limizda.
Mening do'stim, sevib qolsang,
Men bilan dardlasharding.
O'zingga ishonganday ishonarding,
Nima yeb, nima kiysang bo'lisharding,
Mening do'stim.
Mening do'stim, ortimdan
Gapirsalar yo'l qo'ymasding.
Xatolarimni yuzimga aytarding,
Endi bilinadi sening yo'qliging,
Mening do'stim. (x1+x1)