Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
Borgin, deydi, begona.
Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
O'zin tutar begona.
Kechalari o'ylonadi,
Yor ishqida bo'zlaydi.
Sevasanmu, deb so'rasam, yor
Sevmayman, deb qiynaydi.
Sevasanmu, deb so'rasam-ey,
Sevmayman, deb qiynaydi.
Ketganimda ortimdan
Uzolmaydi ko'zini,
Kelganimda aytmaydi
Yurakdagi so'zini.
Atay boqsam o'zga qizga,
Rashk qiladi beomon.
Kechalari chidolmayin,
Yig'lab chiqadi yomon. {x2}
Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
O'zin tutar begona.
Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
Borgin, deydi, begona.
Yonganda ham bir umrga,
Ishqin qilmaydi oshkor.
Sevasanmu, deya hech bir
Savol bermang qizlarga.
So'zlashganda ko'ziga
Asta boqing bir bora.
Sevgisini seza olasiz,
Ma’yus boqqan ko'zlardan. {x2}
Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
O'zin tutar begona.
Sevgisini sir saqlaydi,
Ammo yonar pinhona.
Gaplar otsam, beparvodek
Borgin, deydi, begona.