Arazlashga har kuni zo'r bahonalar topasan,
Men uchun dard daftaringni, aytgin, qachon yopasan?
Behuda rashk ustida-ku kunda gap talashamiz,
Buguncha kech, qolganini ertaga gaplashamiz. (x2)
Yana nima gaplar toparsan ertagacha,
Balki dard daftarini yoparsan ertagacha.
Ayt go'zalim, qachon axir biz urishmay gaplashamiz,
Men seni hech tushunmayman.
Ayt go'zalim, qachon axir tinch o'tirib, dardlashamiz,
Degin endi: urishmayman. (x2)
Har ishimdan xato topib, mendan nima kutasan,
Borsam, derazangni yopib, bundan nima yutasan?
Janjallashib, yana o'zing deysan, tez yarashamiz,
O'ylab ko'ray men bu so'zing, ertaga gaplashamiz.
Yana nima gaplar toparsan ertagacha,
Balki dard daftarini yoparsan ertagacha.
Ayt go'zalim, qachon axir biz urishmay gaplashamiz,
Men seni hech tushunmayman.
Ayt go'zalim, qachon axir tinch o'tirib, dardlashamiz,
Degin endi: urishmayman. (x1+x2)