Mana yana keldim, sen qaydasan, qayerdasan?
 Baxtlimisan mensiz, yolg'iz?
 Chin yurakdan shuni bilgani keldim.
 Yana o'sha yo'ldaman,
 Men kelganman boshqa joydan, hayron bo'lma,
 U tarafdan zo'r xushxabarlar
 Aytgani keldim.
Favvoralar bog'larda, farishtalar uchar,
 Yulduzlardan yaralgan ostonalar.
 Favvorali bog'larda sevishganlar yashar,
 Yulduzlardan bezalgan ostonalar.
Mana yana ko'rdim, nurliginam, oydin yuzing
 Yog'dusidan jodulangan bag'rimda
 Ko'ngil sozini chaldim.
 Yana o'sha yo'ldaman,
 Farqim baland boshqalardan.
 Jondan sevgan ham adashgan bir qalandarman,
 Ketgani keldim.
Favvoralar bog'larda, farishtalar uchar,
 Yulduzlardan yaralgan ostonalar.
 Favvorali bog'larda sevishganlar yashar,
 Yulduzlardan bezalgan ostonalar. (x1+x1)