Qoshu ko'zi jilvali,
Boqishlari hiylali. (x2)
Shu go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
(Xorazmdan, xivalik)
U go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
(Xorazmdan, xivalik)
Yuzi gul, ofatijon,
Man g'arib, u sanamjon. (x2)
Boqmas desam, yurakdan
Uribdi allaqachon.
Qoshu ko'zi jilvali, (oh-oh, oho-hey)
Boqishlari hiylali. (oh-oh-oh, oho-hey)
Bu go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
Bu go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
Manzilini izlabman
Borib, kelib dam-badam. (x2)
Toshkent-Xiva orasi
Bo'lib qoldi bir qadam. (x2)
Qoshu ko'zi jilvali,
Boqishlari hiylali. (x2)
Shu go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
(Xorazmdan, xivalik)
U go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
Yo'q lazgidek navo, deydi,
Bu dardlara davo, deydi.
Sevdim desam, bilmam kulib,
Nuqul “hovva-hovva”, deydi.
Sevdim desam, bilmam kulib,
Nuqul “hovva-hovva”, deydi.
Qoshu ko'zi jilvali,
Boqishlari hiylali. (x2)
U go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
(Xorazmdan, xivalik)
Shu go'zal asli o'zi
Xorazmdan, xivalik.
(Xorazmdan, xivalik)