Ey bulut, qora bulut,
Yuragim pora, bulut.
Yulduzim diydoriga
Topib ber chora, bulut. (x2)
Topgin bir chora, bulut.
Ko'zim tushmay ko'ziga,
Intizorman o'ziga.
Yomg'irday yor yuziga
Tomsaydim zora, bulut. {x2}
Qaldirg'och ko'zliginam,
U shirin so'zliginam,
Dil sirin menga bu dam
Aytsin bir bora, bulut. {x2}
Ey bulut, qora bulut,
Yuragim pora, bulut.
Yulduzim diydoriga
Topib ber chora, bulut,
Topgin bir chora, bulut. (x2)
Baxtimiz kechasida,
Gulyuzim ko'chasida,
Chaqmog'ing chaqib-chaqib,
Sog'aver, qora bulut,
Sog'aver, qora bulut. (x2)
Ey bulut, qora bulut,
Yomg'iring chorla, bulut.
Go'zalim o'z-o'zimga
Bo'ldi yor-yora, bulut,
Bo'ldi yor-yora, bulut. (x2)
Ey bulut, qora bulut,
Yuragim pora, bulut.
Yulduzim diydoriga
Topib ber chora, bulut,
Topgin bir chora, bulut. (x2)