Sabo, keltir xabar qishloqlarimdan, {x2}
Bezangan gulshanimdan, bog'larimdan. {x2}
Ko'zimga surma bo'lsin gardi poking, {x2}
Meni o'stirgan ul tuproqlarimdan. {x2}
Havoli saylgohim katta yaylov, {x2}
Buyuk, zo'r, ko'kragi keng tog'larimdan. {x2}
O-oy, tiniq suvlar labida sabza ursa,
Ichilgan sof qimiz, qaymoqlarimdan. (x2)
Xususan, dilkashu ona tabiat, {x2}
Qadrdon do'stlarim, o'rtoqlarimdan. {x2}
Boqib yo'lga Habibiy, ko'z tutarman, {x2}
Sabo, keltir xabar qishloqlarimdan. {x2}
Sabo, keltir xabar gul bog'larimdan…