Biz tanishdik, ertangi kunga boqmadik,
Sog'inch bizni qiynashini o'ylamadik.
Ko'ngil berdik va hech nimadan qo'rqmadik,
Ko'rmay sevdik, sevildik, ortga qaytmadik.
Bir kun kelib albatta birga bo'lamiz,
Ozori yo'q tomonga birga yetamiz.
Unutamiz, o'tmishni biz unutamiz,
Va Allohdan sehrli baxtni kutamiz.
Mani asalim, mani shakarim,
Mani sog'inchim, mani go'zalim.
Mani asalim, mani shakarim,
Mani sog'inchim, mani go'zalim.
Salom, jonim, o'zing qalaysan? Ishlaring yaxshimi?
Manda hammasi yaxshi, kayfiyatim joyida.
Manga bitta rasm yubor, selfi degan joylaridan,
Shunda bugun kayfiyatim a’lo-a’lo bo'ladi.
Allo, allo, qanisan go'zalim?
Hozir online edingku.
Ku-ku, подъем uyquchi,
Semirib ketasan, vuy, hey, qanisan.
Tugadimi mega-mega-megabayt?
Kecha bor edi, degan eding giga-gigabayt.
Manga “Imo”dan tez qilib yubor,
Sani bitta ko'ray, ko'zlaringga to'yib olay.
Yomon ham, yomon ham, yomon ham,
Yomon ham sog'inib ketdim, jonim.
Allo, allo, nimalar deyabsan?
Chaynalib gapirma, antenna вообще yo'q.
Aloqa yaxshi emas.
Obbo boshlandi…
Asalim mani, shirinim mani,
Ko'zlaringga to'yib qaragim kelar sani.
Shirinim mani, go'zalim mani,
Shirin ovozlaring eshitgim kelar sani.
Go'zalim mani, asalim mani,
Ko'zlaringga to'yib qaragim kelar sani.
Go'zalim mani, hayotim mani,
Shirin ovozlaring eshitgim kelar sani.
Mani asalim, mani shakarim,
Mani sog'inchim, mani go'zalim.
Mani asalim, mani shakarim,
Mani sog'inchim, mani go'zalim.