Ko'z yoshim, faryodim
Qaytarolmaydi seni hayotimga.
Yoningga talpinar doim,
Bejon qanotim.
Qalbim osmonida so'ndi tanho yulduzim,
Porlasa ham quyosh, sensiz qorong'u kunduzim.
Joningning gulini uzdi bu taqdirning uzun qo'llari,
Umr barging to'kib hayot, o'zi yig'lar armondan.
Ko'z yoshim, faryodim
Qaytarolmaydi seni hayotimga.
Yoningga talpinar doim,
Bejon qanotim.
Vafodorim, senda ko'rdim tanho baxtimni,
Sodiq sevging bilan yoritding hayotim, umrimni.
Sen doim yashaysan mening yuragimda, xayollarimda,
Sen qoldirgan aziz damlar doim men bilan birga.
Ko'z yoshim, faryodim
Qaytarolmaydi seni hayotimga.
Yoningga talpinar doim,
Bejon qanotim.
Ko'z yoshim…
Ko'z yoshim… Faryodim…
Ko'z yoshim, faryodim
Qaytarolmaydi seni hayotimga.
Yoningga talpinar doim,
Bejon qanotim.
Ko'z yoshim…