Hayotingga o'zga birov kirib kelsa,
Sening ota-onang faqat uni tanlasa,
Menga hammasini aytish qo'lingdan kelmasa,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Bilasan, yolg'onni juda yomon ko'raman,
Hech kimga ishonmay seni yaxshi ko'raman.
Qadamingda yuzim, yuzimga qo'yma oyoq,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Xizmat yuzasidan ketsam agar olisga,
Xiyonat qilmagin men niyati xolisga.
Men seni sevaman, sog'inishdir masofa,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Ko'chada yo uyda yoki o'qish paytida,
Ko'p o'tirma faqat shu Telegram saytida.
Hali sen juda yosh, boshingga urma tosh,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Ey, mening g'uncha gulim,
Sendan to'qdir bu ko'nglim.
Yolg'ondan afzal o'lim,
Faqat meni aldama.
Ko'zlaringda ko'zlarim,
So'zlaringda so'zlarim,
Izlaringda yuzlarim,
Faqat meni aldama. (x2)
Qaysi tomonga qarasang, hamma siqilgan,
Yolg'onning ketidan boshlari egilgan.
Arzimagan bir sabab, oqibat ayriliq,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Bilasan-a, seni juda yaxshi ko'raman,
Sen juda yaxshisan, buni yaxshi bilaman.
Sening ko'zlaringda faqat vafoni ko'raman,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Bir og'iz aytib qo'y, ko'chaga chiqqing kelsa,
Bir og'iz aytib qo'y, agar aylanging kelsa.
Men seni tushunaman, axir ishonaman,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Sevishdan to'xtasa mabodo yuraging,
Menga intilmasa mabodo ko'zlaring,
Meni sog'inmasa agarda vujuding,
Faqat o'tinaman, jonim, meni aldama.
Ey, mening g'uncha gulim,
Sendan to'qdir bu ko'nglim.
Yolg'ondan afzal o'lim,
Faqat meni aldama.
Ko'zlaringda ko'zlarim,
So'zlaringda so'zlarim,
Izlaringda yuzlarim,
Faqat meni aldama. (x2)