Uning yuragi faqat mani deya ursa,
Uning ko'zlari aqlimdan ayirsa,
Uning so'zlari bunchayam yoqimli,
Uning ko'zlari bunchayam chiroyli. (x2)
Munchog'im, ko'zmunchog'im,
Maning go'zalim, maning asalim,
Sevaman yuragimdan, qizg'onaman o'zimdan.
Vo', go'zalim mani, sog'indim ko'zlaringni,
Sog'indim tabassumingni.
Uzoqda,
Bu yuragim yuragingdan uzoqda,
Bu ko'zlarim ko'zlaringdan uzoqda,
Sog'indim.
Yiroqda,
Bu yuragim yuragingdan yiroqda,
Bu qo'llarim qo'llaringdan yiroqda,
Sog'indim, sog'indim.
Uning yuragi… uning yuragi…
Qo'shiqlarim ma’nosi, bu yuragim davosi,
Dardimga malham bo'lar shirin so'zlari, (x2)
Ohu ko'zlari.
Ko'zlaringni hali beri ko'rolmasam kerak,
So'zlaringni hali beri tinglolmasam kerak,
So'gindim, kelaqol yonimga. (x2)
Uzoqda,
Bu yuragim yuragingdan uzoqda,
Bu ko'zlarim ko'zlaringdan uzoqda,
Sog'indim.
Yiroqda,
Bu yuragim yuragingdan yiroqda,
Bu qo'llarim qo'llaringdan yiroqda,
Sog'indim, sog'indim.
Uning yuragi…