Yoring bo'larman deb,
Senga yetarman deb,
Baxtimni izlab, seni ko'zlab keldim.
Layli, Zuhro, Shirinman,
Ishqingda asiringman,
Izlab seni Qo'qon shamoliday yeldim.
Qoshda o'sma, ko'zda surma,
Ko'ylak kiydim tagi burma,
Gapni boshqa yoqqa burma, suydirma.
Bo'lma manga beparvo,
O'zingsan dardga davo,
Muammo bo'lma, balo, kuydirma.
Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin yomon yor. (x2)
(Voy-voy, chittigul… (x2))
Qayoqlarga ketding, jon,
Buxoromi, Andijon?
Mayli kutay Farg'onada tong otguncha.
Uyda qiynaydi firoq,
Izlaganim yaxshiroq,
Manga bir boq, boshqalarga qosh qoqquncha.
Qoshda o'sma, ko'zda surma,
Ko'ylak kiydim tagi burma,
Gapni boshqa yoqqa burma, suydirma.
Bo'lma manga beparvo,
O'zingsan dardga davo,
Muammo bo'lma, balo, kuydirma.
Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin omon yor.
Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin yomon yor.
(Voy-voy, chittigul… (x2))
Qoshda o'sma, ko'zda surma,
Ko'ylak kiydim tagi burma,
Gapni boshqa yoqqa burma, suydirma.
Bo'lma manga beparvo,
O'zingsan dardga davo,
Muammo bo'lma, balo, kuydirma.
Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin omon yor.
Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin yomon yor.
(Voy-voy, chittigul… (x2))