Begim qulga ato bo'lmasa bo'lmas,
Sening lutfing mango bo'lmasa bo'lmas. (x2)
Bu turlug' husnu lutfu shevalarg'a,
Senga jonim fido bo'lmasa bo'lmas. (x2)
Begim qulga ato bo'lmasa bo'lmas,
Sening lutfing mango bo'lmasa bo'lmas. (x2)
Soching zanjirila devona ko'nglim,
Qarori mubtalo bo'lmasa bo'lmas.
Bu o'tkim soldi jonga nor yanoqing,
Ziloling ming davo bo'lmasa bo'lmas.
Bu o'tkim, soldi jonga nor yanoqing,
Ziloling ming davo bo'lmasa bo'lmas.
Begim qulga ato bo'lmasa bo'lmas,
Sening lutfing mango bo'lmasa bo'lmas. (x2)
Shifo uchun eshiging tuprog'indin
Ko'zimga to'tiyo bo'lmasa bo'lmas.
Jafolar haddan oshdi desam aytur –
Latiflardan jafo bo'lmasa bo'lmas.
Seningdek yorning ostonasinda
Meningdek bir gado bo'lmasa bo'lmas.
Begim qulga ato bo'lmasa bo'lmas,
Sening lutfing mango bo'lmasa bo'lmas. (x4)