Kaminaning nomlari
Oh, mullo Ali, jon Ali,
Qo'llari gul, ishlari,
O'zlari dilu jon Ali.
Hey, hey do'stlarim
Yurtimning to'y-tomosho bayrami, (bayrami)
Xizmatida eh barakallo Ali. (jon Ali)
Hey, nomginam Ali,
Kasbi-ro'zim sartarosh. (sartarosh)
Jon bilan dilim san’at,
O'zim sartarosh. (sartarosh)
Ey, oromijon-ey, sarviravon-ey,
(Jon Ali jon-ey, sarviravon-ey.)
Husn elining ustozi, rassomiman, (o'zisan)
Rasmi-rusum, qoidasin koniman. (konisan)
Hey, qir desa, bas keksayu yosh, yoshli gul,
Gul bilan teng qiluvchi el joniman. (jonisan)
Hey, hey do'stlarim
Yurtimning to'y-tomosho bayrami, (bayrami)
Xizmatida eh barakallo Ali. (jon Ali)
Hey, nomginam Ali,
Kasbi-ro'zim sartarosh. (sartarosh)
Jon bilan dilim san’at,
O'zim sartarosh. (sartarosh)
Ey, oromijon-ey, sarviravon-ey,
Jon Ali jon-ey, sarviravon-ey.