Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Samarqandim manim, tarix beshigim,
Tebratgan mukarram, ulug' ona sen.
Mangulikka ochgan nurli eshigim,
Afrosiyob o'zing, Sug'diyona sen.
Insonga o'zing sen olov shamshirim,
Elga qalqon bo'lgan budir Samarqand.
Sohibqiron o'zing, olam taqdirin
Hal etuvchi buyuk, qodir Samarqand.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Muhabbat ko'zgusi – Bibixonimsan,
Ulug'lar ulug'i – Ulug'begimsan.
Bunyodkor bahodir – Yalangto'shim sen,
Boburlar so'zidagi mutloq she’rimsan.
Muqaddas, tabarruk, ezgu maskanim,
Quvonchim, suyanchim, g'urur-orimsan.
Dunyoga bergusiz hazinam manim,
Samarqandim – faxru iftixorimsan.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Qizg'onib termular bir sohir nigoh,
Kimsan, matlabingni so'yla g'ofil kas.
Yo'q, Temur ko'zlarin emas bu iloh,
Temur nigohiga bardosh topilmas.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.
Samarqand – dunyoning sayqali,
Samarqand – mangulik haykali.