Har yigitning aslin bilay desangiz, {x2}
Ma’rakada o'tiru turishin ko'ring, {x2}
Birov bilan oshno bo'lay desangiz, {x2}
Avval iqrorinda turishin ko'ring,
Avval va’dasinda turishin ko'ring.
Uzoq-yaqin yera borar bo'lsangiz,
Mardlikning qilichin chalar bo'lsangiz,
Bir bedovni saylab borar bo'lsangiz, {x2}
Sabrisi siynasin kerishin ko'ring.
Bir pul tushsa bir iflosning qo'lina,
Ko'ksin kerib kezar kishining yerina,
Xaridor bo'lsangiz hiza garina, {x2}
Adabin ikromini, o'tirishin ko'ring. {x2}
Mard elga yarab, ishga shay bo'lsa,
Er ishtalab haydahoy bo'lsa,
O'zi hotam bo'lib, yana boy bo'lsa, {x2}
Chor tarafdan mehmon kelishin ko'ring,
Har tarafdan mehmon kelishin ko'ring.
Nomard yurar mudom o'limdan qochib,
Uyina borganda zahrini sochib,
Mard yigit mehmona ko'ksini ochib, {x2}
Nomardning mehmondan qochishin ko'ring. {x2}
Mard erning ishi suhba soz bo'lar,
Ko'ngli qish bo'lmayin doim yoz bo'lar.
Yaxshining ko'nglinda gina oz bo'lar, {x2}
Yomonning kunda bir urushin ko'ring. {x3}
Qadrdon qardoshdan uzoqdosh bo'lib, {x2}
Qadrsiz yo uzoq qarindosh bo'lib,
Maxtumhuli nosozlara duch bo'lib, {x2}
Xo'janing, sayyidning yurishin ko'ring. {x4}