Yorni oynakdin qarang, noz uyquda yotganmikin, {x2}
Yoki qilgan nolishim uyqudan uyg'otganmikin. {x2}
Biz tarafga bir kelishni ixtiyor aylab magar, {x2}
Yoki mendan o'zgani ham bemajol etganmikin.
Atri bo'yi yor dimog'iga yetishgach, ey sabo,
Tong shamoli kokilin mushkini qo'zg'atganmikin.
Tun yarimda kun tug'ildi, yoki beparvo chiqib, {x2}
Zulf arosidin yuzini oyga ko'tsatganmikin.
Oftobi tal’ati biz sori ko'rgazsa jamol,
To'lgan oy singan sapolga o'zni o'xshatganmikin.
Kabkidek mastona parvoz aylaganda ul pari, {x2}
Ovchilar domiga o'zni yo'lda ushlatganmikin. {x2}