Qaro ko'zum, kelu mardumlug' {x2} emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzung gulig'a ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il, ay yor-ay.
Takovaringg'a bag'ir qonidin xino bog'la, {x2}
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il, yor-ay, voy yor-ay.
Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone’
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il, ay-ay, voy yor-ay.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni {x2}
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il, ey yor-ay, hay, voy yor-ay.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, hay, hay, voy yor-ay,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il, voy-ey, voy yor-ay.
Voy adoman-ey, voy yor-ay, ey yor-ay, dod-ay, omon bo'ling-ay…