Ko'changdan necha bor armonlar o'tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab.
Ko'ngillardan topgan fig'onlar o'tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab. (x2)
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig'onlar qoldi.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig'onlar qoldi.
Ko'z sen kirib ketgan eshikka muhtoj,
Ko'ngil ham muhtojdir o'sha hovliga.
Qaytib chiq – yopiq ul eshigingni och,
Mo'ralab bir bora boqqin mayliga.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig'onlar qoldi.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig'onlar qoldi.
Men-ku o'tib ketgum, fig'on deb chiqqin,
Men-ku o'tib ketgum, armon deb chiqqin. (x2)
Oqibat, ortimdan hayrat bilan boq,
Sevgisi otashin inson deb chiqqin.
O-o, o-o, o-o-o jon, jon-ey,
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig'onlar qoldi.
Ostonang oldida armonlar qoldi,
Unsiz faryodlaru fig'onlar qoldi.
Ko'changdan necha bor armonlar o'tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab.
Ko'nglillardan topgan fig'onlar o'tdi,
Eshitding, chiqmading ostona hatlab. {x2}